date

Arsenal 70 mln yevrolik hujumchini kuzatmoqda


Ayntraxt Frankfurt klubi hujumchisi Jan Matteo Baoya Londonning Arsenal jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Arsenal 20 yoshli fransuz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq transfer faqat yozgi davrda amalga oshishi mumkin, yanvar oynasida emas.

Ayntraxt futbolchining transferi uchun taxminan 70 million yevro talab qilmoqda. Joriy mavsumda Baoya barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fransuz futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal 70 mln yevrolik hujumchini kuzatmoqda