
Sobiq "Manchester Siti" futbolchisi Andrey Kanchelskisning fikricha, "shaharliklar" ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda gʻalaba uchun kurash olib borishmoqda. Ushbu fikrini u "Evro-Futbol" internet nashriga bergan intervyusida bildirdi.
"Manchester Siti" barcha musobaqalarda gʻalaba uchun kurashmoqda. Bu shubhasiz top-klub va haqiqiy chempionlikka intilgan jamoa.
Albatta, ular ham boshqa jamoalar kabi baʼzan xatolarga yoʻl qoʻyadi, ammo futbolni bunday holatlarsiz tasavvur qilish qiyin," dedi Kanchelskis. Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida "Manchester Siti" 28 ochko bilan ikkinchi oʻrinda joylashgan.
Jamoa hozirda birinchi oʻrindagi "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasida esa Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa 10 ochko toʻplab, toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.