
Bavariyaning markaziy yarim himoyachisi Leon Goretska keyingi yozda katta ehtimol bilan klubni tark etadi. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar olib bormayapti. Goretskaning Bavariyada keyingi mavsumda qolishi juda dargumon.
Klub yarim himoyachiga oʻrinbosar izlashni boshlab yuborgan bo‘lib, asosan yosh isteʼdodlarni kuzatmoqda. Goretska 2018-yildan beri Bavariya safida toʻp surmoqda.
Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 19 ta oʻyin oʻtkazgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turgani yoʻq. 30 yoshli Goretskaning amaldagi shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi.
Transfermarkt portali Germaniya vakilining transfer qiymatini 22 million yevro deb baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.