
Barselonaning himoyachisi Erik Garsiya kataloniyalik klub bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "koʻk-anorranglilar" matbuot xizmati xabar berdi.
24 yoshli futbolchining amaldagi Ispaniya La Ligasi chempioni bilan yangi shartnomasi 2031-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan. Garsiya Barselona safida 2021-yilning iyulidan buyon toʻp surmoqda.
Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Joriy Ispaniya chempionati mavsumida himoyachi 15 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.
15 turdan soʻng Xans-Diter Flik qoʻl ostidagi Barselona 37 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.