
PSJ asosiy darvozaboni Lyuka Shevalye sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab mashgʻulotni oʻtkazib yubordi. Matbuot anjumanida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedan ikkinchi darvozabon Matvey Safonov mavsumdagi ilk oʻyinini oʻtkazadimi, deb soʻrashdi.
"Men Safonov yoki boshqa futbolchilar haqida hech narsa demoqchi emasman. Kim ertaga darvozani himoya qilsa, jamoa uchun bu juda yaxshi boʻladi", — dedi Enrike jurnalistlarga.
PSJ Fransiya chempionati doirasida "Renn" klubiga qarshi oʻz maydonida oʻynashga tayyorgarlik koʻrmoqda. Uchrashuv 6-dekabr, shanba kuni boʻlib oʻtadi.
Oʻyin Moskva vaqti bilan 23:05da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.