
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Kobbi Maynuning o'yin vaqti bo'yicha berilayotgan savollardan charchaganini ma'lum qildi. “Savollarga javob berish mening ishim, lekin bir xil savollarni qayta-qayta berasiz.
Men sizni tushunaman. Sizga Kobbi yoqadi.
U Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida o'ynaydi, lekin bu uni men har doim maydonga tushirishim kerakligini anglatmaydi. Men faqat g'alaba qozonishni xohlayman.
Maydonga eng yaxshi o'yinchilarni tushirishga intilaman va kim ekanligi men uchun muhim emas”, - dedi Amorim matbuot anjumanida. Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” payshanba kuni “Vest Xem” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va Premyer-liga turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini boy berdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.