date

Xulian Alvaresning "Barselona"ga transferi ehtimoldan yiroq


Xulian Alvaresning "Atletiko"dan "Barselona"ga o‘tishi deyarli imkonsiz. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar berdi.

Mutaxassislar bir necha sabablarni keltirgan. Ulardan biri moliyaviy masala.

Xulian Alvaresning shartnomasida 500 million yevrolik tovon puli belgilangan, "Atletiko" esa argentinalik hujumchini 200 million yevrodan kamiga sotishga rozi emas. "Barselona" bunday katta summani to‘lashga tayyor emas.

Shuningdek, kataloniyaliklar 25 yoshli Alvaresning oʻzaro uchrashuvdagi oʻyinidan unchalik taʼsirlanmagani ham sabablar qatorida aytilgan. Jamoa Robert Levandovskiyga o‘rinbosar sifatida ko‘proq mehnatkash va samarali hujumchini izlamoqda.

"Barselona" Levandovskiy o‘rniga boshqa nomzodlarni qidirishda davom etadi, biroq bu jarayonni juda sinchkovlik bilan olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xulian Alvaresning "Barselona"ga transferi ehtimoldan yiroq