
Barselona himoyachisi Erik Garciya joriy mavsumda uchta pozitsiyada o'ynadi: markaziy himoyada, o'ng qanot himoyasida va tayanch yarim himoyachi sifatida. Chap qanot himoyachisi Jerar Martin esa so'nggi o'yinlarda markaziy himoyada harakat qildi.
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilarning pozitsiyalariga oid fikrlarini bildirdi. "Erikning bunday universal o'yinchi bo'lishini kutganmisiz?" degan savolga Flik shunday javob berdi: "Biz uning salohiyatini yaxshi bilardik.
U yuqori darajadagi professional. Yetakchi futbolchi Erikka xos bo'lgan fazilatlarga ega bo'lishi kerak: professionallik, intizom va jamoadoshlariga e'tibor." "Martin chap markaziy himoyachi sifatida o'ynashni davom ettiradimi?" degan savolga u shunday dedi: "U hamma narsani juda yaxshi bajaradi.
Har doim diqqatli va intizomli. U biz xohlagan narsani taqdim etmoqda, shu sababli u o'yinda ishtirok etmoqda." Shanba, 6-dekabr kuni "Barselona" safarda "Betis"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.