Deku: 'Rafinya o‘zgacha futbolchi'

Deku: 'Rafinya o‘zgacha futbolchi'
“Barselona” sport direktori Deku vinger Rafinya Dias haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Yaqinda braziliyalik futbolchi jarohatdan so‘ng safga qaytdi va darhol o‘zini ko‘rsata boshladi.

“Rafinya – o‘zgacha futbolchi, u “Barselona” uchun juda muhim. U jamoaga ishtiyoq olib kiradi va muxlislar orasida haqli ravishda hurmat qozongan.

Flik unga katta ishonch bag‘ishlagan”, – dedi Deku ispan OAVlariga bergan intervyusida. 28 yoshli “ko‘k-anorranglilar” yulduzi joriy mavsumda 11 o‘yinda 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bugun kataloniyaliklar “La Liga” 16-turi doirasida safarda “Betis”ga qarshi bahs olib boradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar