
Manchester Siti Madridning Real klubi futbolchisi Rodrigo uchun katta summa taklif qilishga tayyorlanmoqda. Transfer News Live manbasining Fichajesga asoslangan xabariga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik qanot hujumchisi uchun 70 million funt sterling (taxminan 80 million yevro) miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Transfer qishki transfer oynasi ochilishi bilan, yanvar oyida amalga oshirilishi kutilmoqda. Rodrigoning Manchester Sitiga o‘tishi haqida xabarlar allaqachon yozda tarqalgan edi.
Shuningdek, futbolchiga Arsenal va Liverpul klublari ham qiziqish bildirgani aytilgan. Xabi Alonso 24 yoshli yulduzni ko‘pincha asosiy tarkibdan tashqarida qoldirgani sababli, uning sotilishi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.