date

JCH–2026: Argentina tushgan guruh mutlaq «o‘lim guruhi» deb topildi

JCH–2026: Argentina tushgan guruh mutlaq «o‘lim guruhi» deb topildi

2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlangani bilanoq, butun futbol olamida qaysi guruh eng xavfli ekani borasida bahslar boshlandi. Opta statistik platformasi o‘zining ilmiy tahlili asosida bu savolga aniq javob berdi — Argentina joy olgan “J” guruhi rasman musobaqaning eng qiyin to‘rtligi sifatida qayd etildi.

Opta bahosiga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni Argentina Jazoyir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhga tushgani bilan ushbu kvartetning raqobat darajasi boshqalardan keskin farq qiladi. Bu jamoalarning har biri o‘ziga xos taktik uslub, individual mahorat va musobaqaviy tajribaga ega — shuning uchun ham J guruhi haqli ravishda “o‘lim guruhi” deb atalyapti.

Ikkinchi o‘rinda Fransiya tushgan “I” guruhi qayd etildi. Bu yerda senegallilar, Norvegiya va qit’alararo pley-off g‘olibi bo‘ladigan jamoa bilan bellashuvlar ham shiddatli kechishi tabiiy.

Kuchli uchlikni esa Niderlandiya, Yaponiya, Tunis va UYEFA pley-off g‘olibidan iborat “F” guruhi yakunladi. Hamma termalar o‘yin qarorini o‘zgartirish qudratiga ega bo‘lgan jamoalar — bu kvartet ham o‘ta murakkab tuzilmaga ega.

Opta’ning baholashiga ko‘ra, O‘zbekiston joy olgan “K” guruhi qiyinlik bo‘yicha 6-o‘rinda turibdi. Portugaliya, Kolumbiya va pley-off g‘olibi bilan birga bo‘lish, albatta, yengil vazifa emas. Biroq eng og‘ir beshlikdan chetda turgani — termamiz uchun ijobiy signal.

To‘liq reyting quyidagi tarzda shakllandi:

1. J guruhi — Argentina, Jazoyir, Avstriya, Iordaniya

2. I guruhi — Fransiya, Senegal, pley-off g‘olibi, Norvegiya

3. F guruhi — Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, UYEFA pley-off g‘olibi

4. H guruhi — Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay

5. L guruhi — Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama

6. K guruhi — Portugaliya, pley-off g‘olibi, O‘zbekiston, Kolumbiya

7. C guruhi — Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya

8. D guruhi — AQSH, Paragvay, Avstraliya, UYEFA pley-off g‘olibi

9. G guruhi — Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya

10. A guruhi — Meksika, JAR, Janubiy Koreya, UYEFA pley-off g‘olibi

11. E guruhi — Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador

12. B guruhi — Kanada, UYEFA pley-off g‘olibi, Qatar, Shveysariya

Dunyo futboli shiddat kasb etayotgan bir paytda, jamoalar o‘rtasidagi farqlar qisqarayotgani ham sir emas. Ammo Opta reytingi JCH–2026da qaysi guruhlarda haqiqiy “portlash” bo‘lishini oldindan ko‘rsatib berdi.

Muxlislar uchun esa endilikda yagona vazifa — ushbu tuzilmalarda qanday sensatsiyalar yuz berishi mumkinligini kutuvchi qiziqish bilan chempionatni yaqindan kuzatish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH–2026: Argentina tushgan guruh mutlaq «o‘lim guruhi» deb topildi