Lill yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Lill yosh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Fransiyaning "Lill" futbol klubi markaziy yarim himoyachi Ayub Buaddi bilan yangi mehnat shartnomasi imzoladi. Klubning rasmiy saytida bu haqda ma'lumot berilgan.

"Lill"ning istiqbolli yulduzi bo'lgan 18 yoshli futbolchi yangi shartnomaga ko'ra jamoada 2029 yil yozigacha qoladi. Mish-mishlarga ko'ra, fransiyalik futbolchiga "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Buaddi joriy mavsumda "Lill" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar