Arsenalning magʻlubiyatsiz seriyasi uzildi

Arsenalning magʻlubiyatsiz seriyasi uzildi
Shanba kuni "Arsenal" jamoasi magʻlubiyatga uchradi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa mehmondagi oʻyinda "Aston Villa"ga 2:1 hisobida boy berdi.

Uchrashuvning soʻnggi soniyalarida "Arsenal" ikkinchi golni oʻtkazib yubordi. Shu bilan "Arsenal"ning magʻlubiyatsiz oʻyinlari seriyasi yakunlandi.

Jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 18 ta oʻyinda magʻlub boʻlmagan edi. Bu seriyada "kanonirlar" 15 ta gʻalaba qozonib, uch bor durang oʻynagan edi.

"Arsenal" oxirgi marta yozda, 31-avgust kuni "Liverpul" maydonida 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi. Shunga qaramay, "Arsenal" hali ham Angliya Premyer-ligasida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Biroq, "Aston Villa" peshqadamdan atigi uch ochko orqada qolmoqda va "Manchester Siti" esa bir necha soatdan keyin yana yaqinlashishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar