
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Betis”ga qarshi o‘yinda (5:3) Lamin Yamalning yangi pozitsiyadagi o‘yinini qanday baholaganini ma’lum qildi. 18 yoshli futbolchi o‘zining odatiy pozitsiyasida emas, hujumchi ortida markaziy yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi.
Yosh ispaniyalik futbolchi bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi — u jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. “Lamin “o‘nlik” rolida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
U to‘psiz harakatlanishda ham samarali edi va boshqa futbolchilar uchun bo‘sh hududlar yaratdi. Ajoyib o‘yin!
Bu biz uchun kelajakda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi imkoniyatdir”, — dedi Flik o‘yindan so‘ng. Shanba kungi uchrashuv qahramoni Ferran Torres bo‘ldi — u xet-trik qayd etdi. Yana bir golni Runi Bardji kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.