date

Salah: "Kechir, Garri"


“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah “Lids” bilan o‘yin (3:3)dan so‘ng bergan ochiq bayonotlari bilan futbol olamini hayratga soldi. 33 yoshli futbolchi uchrashuv davomida butunlay zaxira o‘rindig‘ida qoldi va bu ketma-ket uchinchi uchrashuvda asosiy tarkibga kiritilmaganidan keyin sabr kosasi to‘ldi.

U ochiqchasiga norozilik bildirib, quyidagicha fikr bildirdi: “Klub uchun qilgan ishlarimni inobatga olgan holda bu men uchun juda og‘riqli. Men bu yerda ko‘p yildan beri o‘ynab kelaman va jamoa muhitini juda yaxshi bilaman.

Ertaga Karreger yana meni tanqid qilsa, bu ham odatiy hol bo‘lib qolgan. Premyer Ligaga kelganimdan beri o‘z avlodimdagi barchadan ko‘proq gol urdim.

Gollar va golli uzatmalar bo‘yicha mendan oshib ketgan hech kim yo‘q deb o‘ylayman. Boshqa bir joyda bo‘lganimda, meni himoya qilishardi.

Kechirasiz, bu ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin misol keltiraman. Bir paytlar Keyn ketma-ket o‘n o‘yinda gol ura olmagan edi.

Ammo matbuotda: “Hechqisi yo‘q, tez orada u yana gol ura boshlaydi”, deyishardi. Mening holatimda esa hamma: “U zaxirada o‘tirishi kerak”, deydi.

Kechir, Garri,” – deydi Salah jurnalist Pol Joysga bergan intervyusida. Suhbat davomida misrlik futbolchi klub unga bergan va’dalarini bajarmaganini ham ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Salah: "Kechir, Garri"