
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Rüdiger bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda. 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish masalasida kelishuvga erishmagan. Mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" vakillari yaqin oylar ichida Rüdiger bilan uchrashuv o'tkazadi.
Nemis futbolchisi so'nggi paytlarda jarohatlar sabab o'yinlardan chetda qolmoqda, ammo jamoa sardorlaridan biri sifatida muhim rol o'ynashda davom etmoqda. Antonio Rüdiger "Real" safida 2022 yildan buyon to'p surmoqda.
Joriy mavsumda tajribali himoyachi uchta uchrashuvda maydonga tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.