
«Komо» bosh murabbiyi Sesk Fabregas shanba kuni «Inter»ga qarshi oʻyinda 0:4 hisobida magʻlub boʻlishlariga qaramay, natija uchun oʻta himoyaviy taktikalarni qoʻllash niyatida emasligini taʼkidladi. "Biz juda kuchli jamoaga qarshi oʻynadik.
Biz 6-3-1 yoki 5-4-1 kabi sxemalarni qoʻllab, faqat himoyalanishimiz mumkin edi... Lekin men bunday yirik va adolatli hisob bilan magʻlub boʻlganimni afzal koʻraman", - dedi Fabregas DAZNga bergan intervyusida.
Hozirda «Komо» Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi. Sesk Fabregas jamoasi navbatdagi uchrashuvni dushanba, 15-dekabr kuni safarda «Roma»ga qarshi oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.