date

Aleksandr Mostovoy JCH-2026 favoritlarini aytdi

Aleksandr Mostovoy JCH-2026 favoritlarini aytdi
Rossiya terma jamoasi va Moskvaning "Spartak" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy 2026-yilgi Jahon chempionati favoritlari haqida fikr bildirdi. "Besh-olti jamoani favorit deb atash mumkin, ammo biz hozircha kim kimga qarshi toʻqnash kelishini bilmaymiz.

Masalan, Argentina, Braziliya, Fransiya yoki Ispaniya oʻyinchilari pley-offning ilk bosqichidayoq bir-biriga qarshi chiqib qolishi mumkin," - deydi futbol eksperti "Match TV"ga bergan intervyusida. Jahon chempionati kelasi yil yozida Shimoliy Amerika davlatlarida boʻlib oʻtadi.

Musobaqa oʻyinlariga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi Jahon chempioni Argentinadir.

Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa turnirning finalida Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasi orqali magʻlub etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mostovoy JCH-2026 favoritlarini aytdi