Kapello: Italiyaning ketma-ket uchinchi mundialdan chetlatilishi falokat

Kapello: Italiyaning ketma-ket uchinchi mundialdan chetlatilishi falokat
Taniqli italiyalik murabbiy Fabio Kapello futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun oʻtkazilgan qurʼa natijalari yuzasidan qisqa izoh berdi. Qurʼa 5-dekabr kuni kechqurun oʻtkazildi.

"Italiya saralashdan oʻtadi, deb juda umid qilaman. Aks holda, men shunchaki yigʻlayman.

Italiyaning ketma-ket uchinchi mundialda ishtirok etmasligi — bu falokat. Oʻlim guruhi?

Norvegiya va Fransiya oʻynayotgan guruhni shunday deb atash mumkin", — deydi mutaxassis "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida. Italiya jahon chempionatiga yoʻl olish uchun avval Shimoliy Irlandiya bilan pley-off bahsini oʻtkazishi, soʻngra Uels va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi juftlik gʻolibini magʻlub etishi lozim.

Agar italiyaliklar muvaffaqiyatga erishsa, ular "B" guruhida Kanada, Qatar va Shveytsariya bilan bellashadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar