
Angliya chempionatining 15-turida "Fulhem" oʻz maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qildi. Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlardan Adam Uorton jarima maydoni ichida Eddi Nketiyaga aniq uzatma berib, hisobni ochdi – 0:1.
Biroq, 38-daqiqada Raul Ximenezning uzatmasidan soʻng Garri Uilson hisobni tenglashtirdi – 1:1. Ikkinchi boʻlimda Aleks Ivobi bosh bilan darvoza tomon zarba berdi, ammo toʻp darvoza ustunidan qaytdi.
Emil Smit-Rouʻ gol urdi, lekin u ofsayd sababli hisobga olinmadi. 87-daqiqada "Kristal Pelas" burchak zarbasidan unumli foydalandi, Mark Gexi bosh bilan toʻpni darvozaga yoʻllab, jamoasiga gʻalaba keltirdi – 1:2.
Mazkur gʻalaba "Kristal Pelas"ni turnir jadvalida toʻrtinchi oʻringa olib chiqdi, "Fulhem" esa 15-oʻrinda qoldi. Uchrashuv Londondagi "Kreyven Kottij" stadionida boʻlib oʻtdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.