date

Dalach: Angliya bizning kuchli raqibimiz


Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalach 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi qur’asi yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi. Xorvatiya L guruhidan o‘rin oldi va Angliya, Gana hamda Panama jamoalari bilan bellashadi.

"Birinchi savatchadan biz eng kuchli jamoalardan birini, bizning eski do‘stlarimiz — Angliyani oldik. Bu mening murabbiylik davrimda ularga qarshi beshinchi o‘yin bo‘ladi.

Birinchi o‘yinimiz aynan ularga qarshi bo‘lishi biz uchun biroz noqulay, chunki u juda muhim va start uchun hal qiluvchi o‘yin. Yevropa chempionatida ham shunday vaziyatda bo‘lganmiz, u yerda Angliyaga minimal hisobda yutqazgan edik.

O‘tgan turnirda esa Ispaniyaga yutqazgandik. Yevropa chempionatidagi o‘yinlarimiz yaxshi chiqmadi, lekin Jahon chempionatlarining boshlanishi biz uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan", — dedi Dalach Xorvatiya futbol federatsiyasi saytiga bergan intervyusida.

"Panama va Gana — biz yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishishimiz mumkin bo‘lgan raqiblar. Ularni yaxshilab o‘rganamiz.

Bizning maqsadimiz — guruhdan chiqish ekanini bilamiz. So‘nggi Jahon chempionatlarida katta natijalarga erishganimizdan keyin bizdan nimani kutishayotganini tushunamiz.

Ammo o‘zimizga ortiqcha bosim yuklamaymiz. Musobaqadan zavqlanishga harakat qilamiz.

Biz uchun eng muhimi — 6 oy ichida futbolchilarimiz sog‘lom va to‘liq tayyor bo‘lishi, jarohatlar bo‘lmasligi." "Birinchi o‘yinda Xorvatiyaga qarshi o‘ynash Tuxel uchun ham noqulay. U menga, biz guruhdagi emas, balki chorak finalda uchrashishimiz kerak edi, deb aytdi.

Lekin qur’a shunday bo‘ldi. Hamma Xorvatiyadan qochishni xohlaydi, chunki biz so‘nggi ikki Jahon chempionatida mo‘jiza yaratdik.

Qur’a bo‘yicha yaxshi tomoni shundaki, birinchi o‘yinni 17-iyunda o‘tkazamiz, ya’ni uyda yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va yakuniy sinovlar uchun ikkita raqib topishga yetarli vaqtimiz bor. O‘ynaydigan shaharlarimiz juda yaxshi, ayniqsa, muxlislarimiz uchun qulay.

Endi mashg‘ulotlar lagerini tanlashimiz, yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz va skautlarimizga ish boshlash imkonini berishimiz kerak." Ayni paytda Xorvatiya FIFA reytingida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dalach: Angliya bizning kuchli raqibimiz