
Mohamed Salah dam olish kunlari Premer-liganing "Lids"ga qarshi o'yinida 90 daqiqani zaxirada o'tkazdi. Bu misrlik futbolchi ketma-ket uchinchi marta asosiy tarkibga kiritilmagan uchrashuv edi.
O'yindan so'ng Salah hissiy intervyu berib, bosh murabbiy Arne Slotni va klubni tanqid qildi. Salahning fikricha, uni asosiy tarkibdan chetlatish adolatsizlik bo'lgan.
"Liverpul" yulduz futbolchisining bu xatti-harakatlariga munosabat bildirmasdan qola olmadi. Jazo sifatida Salah Chempionlar Ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun tarkibga kiritilmadi.
Klubning Italiyaga yoʻl olgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi va unda Salahning ismi yoʻq. Shunga qaramay, dushanba kuni u jamoa bilan birga mashgʻulotlarda qatnashgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.