Maunt: "Birinchi boʻlim xafa qildi, ikkinchisi esa qoyil qoldirdi"

Maunt: "Birinchi boʻlim xafa qildi, ikkinchisi esa qoyil qoldirdi"
Angliya chempionatining oʻn beshinchi tur oʻyinlari nihoyasiga yetdi. "Manchester Yunayted" jamoasi "Vulverhempton"ni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdagi toʻrt golning birini Meyson Maunt urdi. U bahsdan soʻng oʻz taassurotlari bilan BBC Sport orqali boʻlishdi.

"Biz uchun muhim gʻalaba boʻldi, biroq birinchi boʻlimda raqibga juda koʻp imkoniyat berib qoʻydik. Tanaffusga borarkanmiz, oʻzimizni xafa va norozilikda his qildik.

Ammo ikkinchi boʻlimdan juda mamnunman", - dedi Meyson Maunt. Mazkur gʻalaba Ruben Amorim boshchiligidagi jamoaga Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi oʻringa koʻtarilish imkonini berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar