
Xabi Alonso katta bosim ostida, ayniqsa, "Real" jamoasi o'z maydonida "Selta"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgach, bu bosim yanada kuchaydi. The Athletic nashri Alonso bilan bog'liq vaziyat haqida maqola e’lon qildi.
Manbaga ko'ra, "Real" Alonso bilan ishlashni davom ettirishni xohlaydi, biroq klubda natijalar birinchi o'rinda turadi, shu sababdan yaqin vaqt ichida bosh murabbiy o'zgarishi ehtimoli istisno qilinmaydi. Manbaga ko'ra, "Real" Alonso bilan xayrlashish ehtimoli yuzaga kelgudek bo'lsa, bo'sh lavozim uchun nomzodlar ro'yxatini tuzib qo'ygan.
Masalan, klub rahbariyati ayni damda "Real" yoshlar jamoasini boshqarayotgan Alvaro Arbeloani yuqori baholamoqda. Ehtimol, Arbeloaga asosiy jamoada o'zini sinab ko'rish imkoniyati berilishi mumkin.
"Real" ayni vaqtda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, Zinedin Zidan va Yurgen Klopp Alonso o'rnini egallash uchun asosiy nomzodlar sifatida ko'rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.