Xabi Alonso futbolchilar ishonchini yo'qotdi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, Alonso futbolchilar o‘rtasida o‘z obro‘sini yo‘qotgan.
Bundan tashqari, klub rahbariyati hozirda murabbiyni emas, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu holat "El Klasiko"dan keyin, Vinisius almashtirilganida ispaniyalik mutaxassisni keskin tanqid qilganidan so‘ng boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 15-turida "Real" o‘z maydonida kutilmaganda "Selta"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endilikda "qirollik klubi" peshqadam "Barselona"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.
Xabi Alonsoning shogirdlari 10-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing