
Milanning "Inter" jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida "Liverpul"ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu o‘yin uchun jamoalarning taxminiy boshlang‘ich tarkiblari quyidagicha: "Inter": Zommer (darvozabon), Dimarko, Bastoni, Acherbi, Bissek, Augusto, Mxitaryan, Chalxanog‘lu, Barella, Tyuram, Lautaro Martines.
"Liverpul": Alisson Beker (darvozabon), Robertson, van Deyk, Konate, Bredli, Virts, Mak Allister, Gravenberx, Soboslay, Ekitike, Isak. "Inter" safida jarohatlar sabab darvozabon Raffaele di Jennaro, shuningdek, Matteo Darmian, Denzel Dyumfris va Tomas Palasios safdan chiqqan.
Manuel Akanji ishtiroki shubhali. "Liverpul" tarkibida esa Jovanni Leoni, Jeremi Frimpong, Vataru Endo, Stefan Baychetich va Kodi Gakpo jarohatlangan.
Bundan tashqari, Muhammad Salah intizomiy sabablarga ko‘ra safdan chetlatilgan. Chempionlar ligasining beshinchi turida "Inter" Madridning "Atletiko" jamoasiga oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
"Liverpul" esa PSVga 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan. O‘tgan dam olish kunlari "Inter" A Seriyasida "Komo" ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Liverpul" Angliya Premer-ligasida "Lids" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Bugun, 9-dekabr kuni, "Inter" va "Liverpul" o‘zaro bahsni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "San-Siro" stadionida boshlaydi. Ushbu o‘yinning jonli matnli onlayn translyatsiyasini o‘tkazib yubormang.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.