
Bavariya sport bo‘limi rahbari Maks Eberl klubning Sersh Gnabri bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari haqida gapirdi. «Biz muzokaralarni olib boryapmiz.
Muzokaralar yaxshi va ochiq o‘tmoqda. Biz optimal yechim topishimiz kerak: bir tomondan, byudjetni hisobga olishimiz lozim, boshqa tomondan esa, futbolchining talablarini qondirishimiz zarur.
Bu faqat Sershga emas, barcha futbolchilarga tegishli. Bizning vazifamiz shunday.
Umid qilamanki, bu masalani hal qilamiz», – dedi Eberl. 30 yoshli vinger Sersh Gnabri seshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida Lissabonning Sportingiga qarshi o‘yinda (3:1) gol urib va golli uzatmani amalga oshirib, jamoaning muhim futbolchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi.
Sersh Gnabrining amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakunlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.