date

Jyul Kunde Chempionlar Ligasida dubl qayd etdi


Barselona himoyachisi Jyul Kunde UEFA Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan Aintracht Frankfurtga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Uchrashuv dastlabki bo‘limida kataloniyaliklar mag‘lubiyatga uchrayotgan edi, biroq ikkinchi bo‘limda fransiyalik futbolchi o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Kunde 50-daqiqada hisobni tenglashtirdi va uch daqiqa o‘tib, yana bir gol urib, Barselonani g‘alabaga olib chiqdi. Uchrashuv natijasi 2:1 bo‘ldi.

"To‘g‘risini aytsam, Kundedan bunday natija kutmagan edim. Uning motivatsiyasi bugun jamoamizga juda katta yordam berdi", – deydi bosh murabbiy Flik o‘yin yakunlari bo‘yicha bergan intervyusida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jyul Kunde Barselona safida jami 162 uchrashuvda 10 ta gol urishga erishgan. U ilgari hech qachon bir o‘yinda ikkita gol urmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jyul Kunde Chempionlar Ligasida dubl qayd etdi