Serxio Ramos APLga qaytishi mumkinligi yana kuchaymoqda

Sport1 daqiqa o'qish356
Serxio Ramos APLga qaytishi mumkinligi yana kuchaymoqda

Futbol olamida yana bir qizg‘in xabar: tajribali himoyachi Serxio Ramos “Monterrey” bilan tuzilgan kelishuvni rasman bekor etdi va endi uning navbatdagi manzili Angliya bo‘lishi mumkinligi haqida jiddiy ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

“Cadena SER” yozganiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” 39 yoshli ispaniyalik afsonaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan va unga rasmiy taklif yo‘llagan. Manchester klubi yanvar oyida Ramos bilan shartnoma imzolashga tayyor ekani, ayni damda esa muzokaralar uchun ochiq turgani ta’kidlanmoqda.

Katta tajribaga ega, turli sovrinlar sohibi-yu bir qator yetuk jamoalarda o‘ynagan Ramosning Premyer-ligaga qaytishi nafaqat APL muxlislari, balki butun futbol jamoatchiligi uchun kutilgan voqelik bo‘lishi mumkin. Uning ligadagi o‘yini, jamoaga qo‘shadigan tajribasi va maydondagi yetakchilik qobiliyati haqida ham ko‘plab taxminlar aytilib ulgurdi.

Bundan avvalroq himoyachining yozda o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish niyati sabab Yevropaga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi. Shu bois Ramosning Angliyaga ko‘chib o‘tishi terma jamoaga chaqiruv olishi uchun qulay imkoniyat sifatida baholanmoqda.

Shu tariqa, tajribali himoyachi faoliyatidagi navbatdagi bob APLda ochilishi mumkin — bu esa Yevropa futbolidagi eng qiziqarli xabarlardan biriga aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?