date

Serxio Ramos jamoasiz qoldi

Serxio Ramos jamoasiz qoldi
39 yoshli ispaniyalik futbolchi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" klubini tark etdi va hozirda erkin agentga aylandi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.

Ramos klubdagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazganini tasdiqladi. Insayderning aytishicha, Serxio Ramos futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani yoʻq va yangi takliflarga ochiq.

Avvalroq, Ramos Yevropaga qaytishni va 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etishni maqsad qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ramos Yevropadagi faoliyati davomida "Sevilya", "Real Madrid" va "PSJ" klublarida toʻp surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serxio Ramos jamoasiz qoldi