
«Liverpul» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager klubning yulduz hujumchisi Muhammad Salohdan kechirim so‘radi. U avvalroq misrlik futbolchining xatti-harakatlarini «uyatli» deb atagan edi.
«Mo, agar seni ranjitgan bo‘lsam, kechir. Men seni har doim «Liverpul» futbolchisi sifatida qadrlaganman.
Ammo maydon tashqarisida ham munosib xatti-harakat ko‘rsatish kerak», — deydi Karrager Liverpool Echo nashriga bergan intervyusida. Muhammad Saloh 2017 yilning yozidan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
33 yoshli futbolchining transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda. Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Saloh 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.