
Mohamed Salah Chempionlar Ligasi doirasida "Liverpul"ning o‘yinini o‘tkazib yubordi. Bu uning asosiy tarkibga kiritilmasligidan noroziligini ochiq bildirganidan keyin sodir bo‘ldi.
Seshanba kuni Salah sport zalida shug‘ullanayotganini aks ettirgan suratni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Ertasi kuni misrlik futbolchi yangi suratni ulashdi.
Suratda kuz faslini eslatuvchi daraxtlar va to‘kilgan barglar ko‘rinib turadi. Ijtimoiy tarmoqlarda yulduz futbolchiga bo‘lgan xavotirlar kuchaydi.
Muxlislar Salahning klub bilan bo‘lgan ziddiyatlari sababli o‘zini yolg‘iz his qilayotganini taxmin qilishmoqda. "Liverpul"ning navbatdagi o‘yini 13-dekabr kuni APL doirasida "Brayton"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.