date

Rivaldo Alonsoning muammolari haqida fikr bildirdi


Sobiq "Barselona" futbolchisi Rivaldo Madridning "Real" klubi atrofidagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda "Real" futbolchilari va bosh murabbiy Xabi Alonso o‘rtasida muayyan muammolar mavjud.

Rivaldo ta’kidlashicha, Alonso futbolchilar, xususan, yulduzlar – Vinisius Junior va Kilian Mbappe bilan yaqin munosabatlarni mustahkamlashi kerak. Ularning ishonchini qozonish va jamoa ichidagi muvozanatni saqlash muhim.

Murabbiyning haddan tashqari avtoritar bo‘lishi futbolchilarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Rivaldoning fikricha, "Real"dagi hozirgi muhit yaxshi emas.

Alonso jamoaning asosiy o‘yinchilarini o‘z tomoniga jalb etishi lozim, bu esa Pep Gvardiola kabi murabbiylarda yaxshi chiqadi. U futbolchilar bilan muloqotda ehtiyot bo‘lishi, kichik mojarolardan qochishi va o‘yinchilarni ortiqcha o‘zgartirmasligi kerak.

Negaki, yomon muhit o‘yinchilarning ketish istagini oshiradi, masalan, Vinisiusning klubni tark etishi haqidagi mish-mishlar bundan dalolat beradi. Rivaldo jamoada ochiq muloqot yetishmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, "Real" chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin o‘tkazishini eslatib o‘tgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rivaldo Alonsoning muammolari haqida fikr bildirdi