
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo nihoyat uzoq kutilgan golini urdi. Braziliyalik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti" darvozasini 28-daqiqada ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, futbolchining 32 o‘yindan iborat golsiz seriyasi yakuniga yetdi. Bu natija "Real" tarixidagi hujumchilar orasida eng uzoq davom etgan golsiz seriya sifatida qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigoning "Real" safidagi so‘nggi goli mart oyida Yevropa Chempionlar Ligasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda kiritilgan edi. Bugungi uchrashuv "Santiago Bernabeu" stadionida, musobaqaning umumiy bosqichi oltinchi turida bo‘lib o‘tmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.