date

Gabriel Jezus 11 oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi


Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus uzoq tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchini UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi "Bryugge"ga qarshi o‘yinda 62-daqiqada almashtirib tushirdi.

Jezus Viktor Dyoekeresning o‘rnini egalladi va o‘yin davomida "kanonirlar" uchrashuvni 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal etishayotgan edi. Bu Gabriel Jezusning 2023-yil 12-yanvardan keyingi ilk maydonga tushishi bo‘ldi.

O‘sha kuni u Angliya kubogi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqandi. Jezus 2022-yilda "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o‘tgan.

Hozirgi shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gabriel Jezus 11 oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdi