date

Noni Madueke Chempionlar Ligasida noyob natija qayd etdi

Noni Madueke Chempionlar Ligasida noyob natija qayd etdi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Noni Madueke Chempionlar Ligasi doirasida Belgiya klubi "Bryugge"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. 23 yoshli futbolchi ushbu uchrashuvda 25 va 47-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Endilikda Maduekening "kanonirlar" safida jami uchta goli bor va ularning barchasi Chempionlar Ligasida kiritilgan. Opta statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Madueke "Arsenal" tarixida klubdagi dastlabki uchta golini faqat Chempionlar Ligasi (yoki Chempionlar Kubogi) doirasida urgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, Madueke "Arsenal" safida Angliya Premer-ligasida hozircha gol urmagan bo‘lib, u bu musobaqada to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan. Ammo Chempionlar Ligasida o‘tkazgan uch uchrashuvda uchta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozida "Arsenal" Maduekni "Chelsi" klubidan sotib olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noni Madueke Chempionlar Ligasida noyob natija qayd etdi