date

Gabriel Jezus 322 kundan so‘ng maydonga qaytdi

Gabriel Jezus 322 kundan so‘ng maydonga qaytdi
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus 322 kundan keyin ilk bor maydonga tushdi va jurnalistlar bilan suhbatlashdi. 28 yoshli futbolchi UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi Belgiya klubi "Bryugge"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

Ushbu bahsda "kanonirlar" 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu braziliyalik futbolchi uchun yanvar oyidan beri ilk uchrashuv bo‘ldi, u jarohati sabab shu kungacha maydonga tusha olmagandi.

Jezus quyidagi fikrlarni bildirdi: "Men o‘ta tayyorman. Hamma mening gol urishimni kutdi, albatta, men ham gol urishni xohlardim.

Ammo juda xursandman, nihoyat qaytib, o‘ynash imkoniga ega bo‘ldim". Shanba kuni Mikel Arteta jamoasi o‘z maydonida Angliya Premer-ligasi 16-turida "Vulverhempton" bilan to‘qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gabriel Jezus 322 kundan so‘ng maydonga qaytdi