date

Maduake: Arsenal Chempionlar ligasi va APLni yutishi mumkin

Maduake: Arsenal Chempionlar ligasi va APLni yutishi mumkin
Arsenal klubi vingeri Noni Maduake Chempionlar ligasi doirasida Bryugge ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng intervyu berdi. Angliyalik futbolchi ushbu o‘yinda dublga erishib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Menimcha, biz Chempionlar ligasini ham, Angliya Premer-ligasini ham yutishimiz mumkin. Bu bizning asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerak.

Hozirda yaxshi pozitsiyadamiz, shuning uchun shu ruhda davom etishimiz lozim. Bizning jamoamiz juda jips.

Arsenalda yuqori darajadagi futbolchilar to‘p surishadi, biroq muhim narsa - bu jamoaviy harakatlar, alohida ijrochilar emas. Har bir futbolchi o‘z rolini yaxshi biladi", – dedi Maduake UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

"Kanonirlar" umumiy bosqichda o‘tkazilgan olti turdan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maduake: Arsenal Chempionlar ligasi va APLni yutishi mumkin