date

"Real" muxlislari Xabi Alonsoga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatdi

"Real" muxlislari Xabi Alonsoga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonsoga bosim ortib bormoqda. Jamoa Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga o‘z maydonida 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

So‘nggi sakkiz uchrashuvda "Real" faqat ikki marta g‘alaba qozongan va matbuotda murabbiy almashinuvi haqida gaplar kuchaymoqda. Shunga qaramay, ElDesmarque nashrining xabariga ko‘ra, bir necha muxlis Alonsoga stadiondan chiqib ketayotganda murojaat qilib, uni qo‘llab-quvvatlashgan.

Ulardan biri shunday dedi: "Sabr qiling, Xabi. Biz sizga ishonamiz."

Eslatib o‘tamiz, ispan mutaxassisi iyun oyida Karlo Anchelottining o‘rniga "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" muxlislari Xabi Alonsoga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatdi