
Sobiq "Sevilya" bosh murabbiyi Dmitriy Cheryshev Rossiya darvozaboni Matvey Safonovning "PSJ" asosiy tarkibida o'rin olish istiqbollari haqida fikr bildirdi. Oxirgi ikki uchrashuvda Safonov jarohat olgan Lyuk Shevaleni almashtirib, asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu o'yinlarda u darvozaga gol kiritilishiga yo'l qo'ymadi va bir necha bora muhim seyvlar amalga oshirdi. Cheryshevning ta'kidlashicha, hujumkor futbol namoyish etadigan yirik klublarda darvozabonlar uchun xatoga yo'l qo'yish imkoniyati yo'q.
"Safonovning vazifasi jamoani qutqarishdir. Hozir u bu vazifani yaxshi uddalayapti.
Ushbu uchrashuvlarda u "PSJ"ni bir necha bor qutqardi. Agar u bu ishni yaxshi bajarayotgan bo'lsa, demak, hammasi joyida", dedi Cheryshev "Chempionat" nashriga bergan intervyusida.
"PSJ"ning navbatdagi uchrashuvi 13-dekabr kuni bo'lib o'tadi. Shu kuni Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa 1-liga 16-tur doirasida safarda "Mets"ga qarshi bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.