date

Toni Angliya Premer-ligasiga qaytmasligi ma’lum bo‘ldi


Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi hujumchisi Ivan Toni qishki transfer oynasida Angliya Premer-ligasiga qaytishi dargumon. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Tonining Angliyaga qaytishi moliyaviy sabablarga bog‘liq. O‘tgan yili futbolchi 456 ming yevro haftalik maosh belgilangan to‘rt yillik maxsus shartnoma imzolagan edi.

Ushbu shartnoma soliqdan ozod etilgan. Ammo Toni Angliyaga 2026-yilning aprel oyigacha qaytsa, Saudiya Arabistonida topgan daromadining yarmi, ya’ni 16 million yevro miqdorida soliq to‘lashga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tottenhem", "Everton" va "Manchester Yunayted" 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Joriy mavsumda Ivan Toni barcha musobaqalarda 18 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toni Angliya Premer-ligasiga qaytmasligi ma’lum bo‘ldi