date

Tyerri Anri «Chelsi»ning asosiy muammosini aytdi


«Arsenal» afsonasi Tyerri Anri «Chelsi»ning bugungi kunda duch kelayotgan asosiy muammosini tilga oldi. CBS Sportsga bergan intervyusida Anri shunday dedi: «Nega «Chelsi» «Arsenal» va «Barselona»ga qarshi o‘yinlarda ustunlik qiladi, lekin «Atalanta» kabi jamoalarga qarshi qiyinchilikka duch keladi?

Ularda raqib himoyasini yorib o‘tadigan vositalar yetishmaydi, ayniqsa Koul Palmer bo‘lmasa. Hujum chizig‘idagi boshqa o‘yinchilar Palmer darajasida emas, ba’zilari esa allaqachon charchab qolgandek ko‘rinadi».

Ma’lumki, «Chelsi» so‘nggi haftalarda ikki yirik Yevropa klubiga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi. Ular Chempionlar ligasida «Barselona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi va Angliya Premer-ligasining yetakchisi «Arsenal» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.

Ammo hafta davomida «Chelsi» Chempionlar ligasining oltinchi turi doirasida «Atalanta»ga safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tyerri Anri «Chelsi»ning asosiy muammosini aytdi