date

Kavazashvili Rossiya terma jamoasini tanqid qildi


“Spartak” jamoasining sobiq futbolchisi Anzor Kavazashvili Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpinni tanqid qildi. Kavazashvili O‘zbekiston terma jamoasining misolini keltirib, ularning yosh futbolchilarni jamoaga jalb qilib, ilk bor jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganini ta’kidladi.

“Bizning Karpin o‘zbekistonliklarning bu yondashuvini takrorlash o‘rniga, yoshlarni jamoaga jalb qilib, boshqa xalqaro terma jamoalar bilan o‘ynash o‘rniga, 50 nafargacha futbolchi jalb qilib, doimiy ravishda bir xil tajribali futbolchilarni maydonga tushirdi va har o‘yinda tarkibni o‘zgartirdi”, – dedi Kavazashvili “Match TV” nashriga. Kavazashvilining so‘zlariga ko‘ra, Karpinning bu yondashuvi bilan milliy terma jamoa uchun futbolchilarni yetishtirishning imkoni yo‘q.

Qayd etish joiz, Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanksiyalari tufayli deyarli to‘rt yildan beri faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda. Bu sanksiyalar qachon yengillashtirilishi yoki bekor qilinishi hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 33-o‘rinda joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavazashvili Rossiya terma jamoasini tanqid qildi