
"Manchester Yunayted" rasmiy saytida Andrey Kanchelskisning klubga qaytganligi haqida xabar berildi. Xabarda aytilishicha, Kanchelskis payshanba kuni klub bazasiga tashrif buyurib, asosiy jamoaning mashg‘ulotlarini kuzatgan.
"Old Trafford"da o‘ynagan paytida Kanchelskis o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar orasida juda mashhur bo‘lgan. Donetskning "Shaxtyor" klubidan o'tganidan so‘ng u "qizil iblislar"ga 26 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam berdi.
Ayniqsa, 1993/1994-yilgi mavsumda u jamoaning birinchi "oltin dubl"ini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi. Keyingi mavsumda esa u jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Klub Kanchelskisni Aleks Fergyusonning skautlar orqali amalga oshirgan muvaffaqiyatli transferi sifatida ta’rifladi. "Manchester Yunayted" bu tashrif Kanchelskisga o‘zi ishlayotgan Bryanskning "Dinamo" jamoasi bilan faoliyatini davom ettirishda ilhom baxsh etadi, deb ta’kidladi."
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.