date

Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishga tayyor


Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi L’Equipe nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

"Kim Jahon chempionatida o‘ynamoqchi emas? Hamma bunday turnirda qatnashishni xohlaydi.

Men futbolni va musobaqalarni sevaman. Agar mendan Jahon chempionatida o‘ynashni xohlaymanmi, deb so‘rashsa, "yo‘q" desam, bu yolg‘on bo‘ladi.

Agar chaqirsalar, men kelaman va o‘ynayman", – dedi Benzema. Karim Benzema so‘nggi marta Fransiya terma jamoasi safida 2022-yilning yozida maydonga tushgan edi.

2026-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va qit’alararo pley-off g‘oliblaridan biri bilan o‘ynaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishga tayyor