
11 dekabrdan boshlab, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining o‘yinlariga chiptalar sotilishi uchun navbatdagi – tasodifiy tanlov bosqichi start olishini e’lon qilindi. Futbol muxlislari FIFAning rasmiy platformasi orqali ariza yuborib, chipta sotib olish uchun so‘rov yuborishlari mumkin.
O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislari maxsus «My Team Uzbekistan» bandini tanlab, o‘zbek sektorlaridan chipta so‘rovi yuborish imkoniyatiga ega. Ariza berish jarayoni 2026 yilning 13 yanvar kuniga qadar davom etadi.
Arizalar 13 yanvardan keyin tanlovga asosan to‘g‘ri tanlanganlarga chiptalar taqdim etiladi. Chipta egalari 2026 yil fevralda tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va to‘lovlar avtomatik ravishda arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, chiptalarning narxi hozircha ma’lum emas. Narxlar 13 yanvardan so‘ng, chiptalar uchun ariza berish bosqichi tugagandan keyin belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Jahon chempionatidegi o‘yinlari quyidagi rejaga asosan o‘tkaziladi:
- 17 iyun, Mexiko (Meksika), O‘zbekiston – Kolumbiya
- 23 iyun, Hyuston (AQSH), Portugaliya – O‘zbekiston
- 27 iyun, Atlanta (AQSH), Saralashdan o‘tgan jamoa - O‘zbekiston
Shunday qilib, 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiptalar olmoqchi bo‘lgan barcha futbol muxlislari uchun katta imkoniyat paydo bo‘ldi!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.