
Antuan Semenyo qishki transfer oynasida "Bornmut"ni tark etib, yuqori darajadagi klubga o‘tishi mumkin. 25 yoshli hujumchining nomi uzoq vaqtdan beri Angliya Premer-ligasining top-klublari bilan bog‘lanmoqda.
Transfer News Live ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" "Bornmut" bilan Semenyo transferi borasida 65 million funt sterling (taxminan 74,2 million yevro) miqdorida kelishuvga erishgan. Biroq, "Liverpul" ham xuddi shu taklifni ilgari surdi — nafaqat transfer summasi, balki shaxsiy shartlar bo‘yicha ham.
Endi esa hammasi Antuan Semenyoning o‘ziga bog‘liq. Futbolchi qaysi klubga o‘tishni hal qilishi kerak.
2025/2026 mavsumida Semenyo 15 o‘yinda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U nafaqat markaziy hujumchi sifatida, balki hujumning ikkala qanotida ham samarali o‘ynay oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.