date

Karim Benzema: Real Madridning asosiy muammosi nimada?


Sobiq "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema madridliklar jamoasidagi inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U L'Equipe nashriga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidladi: "Jamoaga Kiliyan Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem va Rodrigo o‘rtasidagi o‘zaro tushunish yetishmayapti.

Har bir futbolchi o‘zining rolini aniq bilishi kerak. Bellingem pleymeyker, hujumchi emas.

Mbappe hujumchi, pleymeyker emas. Vinisius esa chap qanot yarim himoyachisi, markaziy yarim himoyachi emas.

Agar har bir o‘yinchi o‘z vazifasini to‘g‘ri anglab yetgan bo‘lsa, jamoa muvaffaqiyatga erishadi. Axir ular dunyoning eng kuchli o‘n futbolchisi qatoriga kiradi va bir jamoada o‘ynashmoqda." "Real Madrid" chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazilgan uy uchrashuvida 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema: Real Madridning asosiy muammosi nimada?