Erik Garsiya: Kapitanlik mening asosiy maqsadim emas

Erik Garsiya: Kapitanlik mening asosiy maqsadim emas
“Barselona” himoyachisi Erik Garsiya jamoaning istiqbollari va uning kelajakda jamoa sardoriga aylanishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. “Biz hali ko‘p narsani yaxshilashimiz kerak – ham individual, ham jamoaviy jihatdan.

Bizning jamoamiz juda yosh va rivojlanishga ulkan salohiyatga ega. Oldinda ko‘plab muvaffaqiyatli yillar bor.

Mening asosiy maqsadim sardor bo‘lish emas – bu tabiiy ravishda kelishi mumkin. Menga doim hamjamoadoshlarimga yordam berish yoqqan”, – dedi Garsiya “Barselona” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Erik Garsiyaning kelajakda jamoa sardoriga aylanishi ehtimolini ta’kidlagan edi. Shuningdek, Garsiya klub bilan shartnomasini 2031 yilning o‘rtasigacha uzaytirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar