
Sobiq «Zenit» bosh murabbiyi Vlastimil Petrjela rossiyalik darvozabon Matvey Saffonov va ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi. Chorshanba kuni ular ilk bor birgalikda «PSJ» tarkibida maydonga tushishdi.
Petrjelaning fikricha, sport siyosatdan yiroq bo‘lishi kerak, shu sababli Saffonov va Zabarniy bir jamoada bir-biridan chetlanmasliklari lozim. «Saffonov va Zabarniyning birgalikdagi o‘yini dunyoga tinchlik olib kelmasligi aniq.
Lekin Matvey va Ilya bir-biridan chetlanmasliklari kerak, chunki jangovar harakatlarni ular boshlashmagan. Sport siyosatdan ajratilgan bo‘lishi kerak», - dedi Petrjela Metaratings nashriga.
Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda «PSJ» safarda «Atletik» bilan durang (0:0) o‘ynadi. Mazkur o‘yin Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining oltinchi turi doirasida bo‘lib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.